WelcomeBackUz.cOm FORUMI UZBEKONA FORUM HAQIQIY DO'STLAR FORUMI
Online kino , mp3 Uzbek music , forum

Siz haqingizda
Hush kelibsiz mehmon!

Laqab:
Parol:
Kirish,Login


Reklama



So'rovnoma
Inglizcha MP3 joylanishini hohlaysizmi?
1. HA
2. YO'Q
3. FARQI YO'Q

Barcha javoblar: 66



Tavsiya etamiz!






Forum ilg'orlari
  • DURDON-SE-habari 10132
  • MASTER-US-habari 7249
  • OSIYO-UZ-habari 7125
  • BAXOR-CA-habari 4071
  • CryGirl-KG-habari 3997
  • SANJAR80-UZ-habari 3741
  • ilyosbek-US-habari 2946
  • Firdavs_96-KG-habari 2771
  • Rider-US-habari 2650
  • SAKINA-UZ-habari 2592
  • ROBIYA-ES-habari 2503
  • Dovud-US-habari 2351
  • Solih_96-KG-habari 1749
  • Oishaqiz-UZ-habari 1743
  • LOLA-FR-habari 1545
  • Toxirjon-RU-habari 1424
  • enjoy-UZ-habari 1376
  • Shohruhbek-US-habari 1247
  • Saodat-TR-habari 955
  • bushro-US-habari 721


  • MP3 yangliklri
    [Gulsanam Mamazoitova]
    Gulsanam_Mamazoitova-Ona_Daryo (0)
    [Aralash MP3]
    Ozoda Saidzoda- Ayt Istig'for (0)
    [Aralash MP3]
    Vohid Abdulhakim - Ovvora (0)
    [Aralash MP3]
    Sevinch Muminova-Yolg'onchi (0)
    [Aralash MP3]
    Farruxbek (Mango) - Yuragim (0)
    [Ozodbek Nazarbekov]
    Ozodbek Nazarbekov - O'zim Aylanay (0)
    [Aralash MP3]
    Mango guruhi - Qayt (0)
    [Nashidalar]
    Nashid (0)
    [Aralash MP3]
    Farruxbek (Mango) - Ona (0)
    [Aralash MP3]
    Lola -Kel (1)


    Islomiy Bo'lim yangliklari
    Quron O'zbekcha tafsirli teksti

    39. Zumar surasi (3)
    Joyladi-DURDON
    Ko'rildi-226
    Bolajonlar tilovati video

    Qoriya (0)
    Joyladi-DURDON
    Ko'rildi-304
    Abduvali Qori

    Taqvo va O'lim (4)
    Joyladi-Abubakr
    Ko'rildi-919
    Quron O'zbekcha tafsirli teksti

    63. Munofiqun surasi (3)
    Joyladi-DURDON
    Ko'rildi-197
    Quron O'zbekcha tafsirli teksti

    74. Muddassir surasi (3)
    Joyladi-DURDON
    Ko'rildi-199
    Quron O'zbekcha tafsirli teksti

    68. Qalam surasi (3)
    Joyladi-DURDON
    Ko'rildi-212


    Ohirgi izohlar
    Ukasini katta bo'lishini hohlamagan Sadie ))
    MASTER Izoh qoldirdi!
    Ukasini katta bo'lishini hohlamagan Sadie ))
    DesignUz Izoh qoldirdi!
    Bilgan hadislarimizdan yozamiz
    DURDON Izoh qoldirdi!
    IYD Ramazon Hayiti muborak bo'lsin...
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Ogabek Sobirov - Unutib bo'larmi seni.
    Firdavs_96 Izoh qoldirdi!
    "MAKTUB" (O'zbek Kino)
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Императрица Ки ( 2013 ) 1 - Сериа
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Безжалостный город ( 2013 ) 5-6-7-8 - Сериа
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Ozoda Saidzoda- Ayt Istig'for
    DURDON Izoh qoldirdi!
    The Angels of Allah Allohning Farishtalari
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Izohlaringiz uchun rahmat!!! Thanks for your comment!!!


    Forum yangliklri
  • Türk Dili Grameri
    SAKINA Yangilik kiritdi!(11)
  • Ramazon haqida sherlar
    DURDON Yangilik kiritdi!(17)
  • Forumdan foydalanish tartibi
    Firdavs_96 Yangilik kiritdi!(5)
  • Forumchilarni darajasini oshirish yoki tushirish to'g'risida
    Firdavs_96 Yangilik kiritdi!(3)
  • ERKIN MAVZU INGLIS TILIDA
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(193)
  • Islomiy ibratli hikoyalar
    DURDON Yangilik kiritdi!(188)
  • ASSALOMU ALEYKUM WA RAHMATULLOHI WA BAROKATUH
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(1509)
  • Avatarni ko`rdim u...
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(717)
  • ROMAN Yozamiz
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(2417)
  • OHIRGI IKKILIK
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(4337)
  • MEN
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(5973)
  • BuGuNgi KaYfiYaTiM..
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(1124)
  • ob-havo
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(921)
  • Ohirgi harfiga so'z topish (inglizcha)
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(16)
  • SIZDAN OLDINGI USERGA NOM BERING
    muhammadjon7 Yangilik kiritdi!(1813)


  • Qiziqarlik 5 talik
    5 ta Eng ko'p o'qilgan mavzu 5 ta Eng ko'p rasm joylaganlar 5 ta yangi azolar 5 ta Yangi yangiliklar
  • MEN (5973)
  • OHIRGI IKKILIK (4337)
  • Siz O'yini (3983)
  • Faqat A harfidan boshlanadigan so'zlarni yozamiz (3516)
  • ROMAN Yozamiz (2417)
  • OSIYO=1201
  • DURDON=1093
  • BAXOR=941
  • MASTER=793
  • ROBIYA=639
  • muslimaqiz
  • Fotix
  • Aziza
  • peppi
  • Salsabil
  • [24.08.2014][Kulgilik roliklar]
    Ukasini katta bo'lishini hohlamagan Sadie )) (2)
    [23.08.2014][O'zbekcha filimlar]
    "UY BEKASI" (O'ZBEK SERIAL) 18-19-20 QISMLAR (0)
    [21.08.2014][Kliplar]
    UMMON- ESLAB QOL ( YANGI KLIP 2014) (0)
    [04.08.2014][Kliplar]
    Muhammad ZIYO & Ravshan Komilov - Indamadi (Yangi uzbek klip 2014) (0)
    [04.08.2014][Kliplar]
    Bojalar guruhi - To'rtta qizimni sog'inib (0)

    Page 1 of 11
    Forum moderator: DURDON, SAKINA 
    DO'STLAR FORUMI » AYOLLAR BO'LIMI » Taom va pshiriqlar o'rganamiz » ДЕСЕРТЛАР
    ДЕСЕРТЛАР
    BAXORKun: Seshanba, 28.06.2011, 20:39 | Habar # 1
    Peshqadam
    BAXOR
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 4071
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun
    Дesertlar reseptlari




     
    BAXORKun: Seshanba, 28.06.2011, 20:44 | Habar # 2
    Peshqadam
    BAXOR
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 4071
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun
    Мевали десерт



    Бу ҳилдаги десертларни ўзингиз ёқтирган, уйингизда бор мевалар билан тайёрлашингиз мумкин. Иссиқ кунда ёқимли, енгил, оромбахш ширинлик.
    100 мл суюқ қаймоқ
    200 мл малина пюреси (қулупнай...)
    200 мл мева (ўрик, шафтоли, манго...)
    3-4 ош қошиқ шакар (таъбга кўра)

    Қаймоқ шакар билан кўпиртириб олинади.
    Қаймоқни учга бўлиб оламиз. Бир қисмини малинага, бир қисмини мевага қўшиб, қолганини олиб қўямиз.
    Стаканларга хоҳлаган кетма кетликда соламиз.
    2 соатга совутгичга қўямиз.


     
    OSIYOKun: Shanba, 09.07.2011, 02:09 | Habar # 3
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Qulupnayli desert

    Qulupnay foydali xususiyatlarga boy. Biz undan hattoki davollash va pardoz maqsadida foydalanamiz. Lekin biz hozir Sizlar bilan qulupnaydan tayyorlanadigan ajoyib va barcha mehmonlarni lol qoldiradigan qulupnayli desert haqida gaplashamiz.
    Bizga kerakli massaliqlar:

    400g qulupnay *
    · 200g tvorogli pishloq

    Tayyorlash

    1. Qulupnayni bo’lakchalarga kesamiz, tvorogli pishloqni ko’pirtiramiz va navbat bilan ikkalasini likopchaga taxlaymiz.

    2. Desertni yalpiz barglari bilan bezatamiz, ta’bga ko’ra ustini mevalli sirop bilan quyamiz.

    3. Mexmonlarni chaqirishni boshlasangiz ham bo’ladi, qulupnayli desertimiz tayyor
     
    OSIYOKun: Yakshanba, 10.07.2011, 03:46 | Habar # 4
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    TIRAMISU(italyanskiy dessert)



    3 ta tuhum sarigi;
    75gr shakar;
    2 tomchi vanilla,yoki achchiq bodom essensasi;
    1 pachka damskie palochki (lady fingers)
    mascarpone;
    1-2 osh qoshiq kakao;
    200ml achichiq kofe.

    Tuhum sarigíga shakar,essensani qoshib aralashtiramiz.(man kopincha achichiq bodomni essensasini qoshaman.neobichniy vkus beradi.)Keyin mascarponeni qoshib mikserda yahshilab aralashtiramiz.Idishga lady fingersni bir tomonini kofega shundoq botirib olib quruq tomonini pastga qaratib tahlaymiz.(kofega uzoq botirib yubormang!) 1 qator tahlaganimizdan keyin ustidan kremni yarmini solamiz,yana huddi shu usulni huddi boshidaka bir marta qaytaramiz.Ustiga kakao sepamiz.2 soatga holodilnikka qoyamiz.
     
    OSIYOKun: Seshanba, 09.08.2011, 15:52 | Habar # 5
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Shokoladli desert yalpiz bilan



    Kerakli massaliqlar:


    1ta shokolad plitkasi
    200g qaymoq(25%), ko’pirtirish uchun
    1 ta limon
    2ta yalpiz shoxchasi


    tayyorlaymiz:

    1. Qaymoqni ko’pirtiramiz *
    Sovuq yalpiz-olmalik choy

    2. Shokoladni bo’lakchalarga bo’lamiz va bug’li banyada uni eritamiz va ozgina erigandan so’ng ko’pirtirgan qaymoq bilan aralashtiramiz.

    3. Limon sedrasini ya’ni ustidagi pochog’ini qirg’ichdan chiqaramiz, yalpizni mayda kesamiz. Shokolad –qaymoqlik aralashmasiga qo’shamiz.

    4. Shokoladlik desertimiz tayyor.
     
    OSIYOKun: Dushanba, 15.08.2011, 00:02 | Habar # 6
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Творогли десерт


    Керакли маҳсулотлар:

    100гр қаймоқ,

    200гр творог,

    50гр эритилган шоколад,

    1 дона банан,

    1 дона апельсин,

    3-4 ош қошиқ шакар упаси.

    Тайёрланиши:

    Творог ичига шакар упаси ва қаймоқ солиб аралаштирилади. Алоҳида идишга мевалар тўғралади. Тоғорачага қолган қаймоқни ичига шакар упасини солиб қуюлтирилади. Десерт идишига творог ва мевалвр солинади. Усти қаймоқли крем билан безатилиб сўнг, эритилган шоколад қуйилади.
     
    BAXORKun: Shanba, 03.09.2011, 11:27 | Habar # 7
    Peshqadam
    BAXOR
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 4071
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun
    Holvaytar

    1 – усул

    Керакли массалиқлар:
    100 гр қўй ёғи (эритилгани),
    1 стакан ун,
    1 стакан шакар ёки 150 гр оқ қанд,
    3 стакан қайноқ сув.

    Тайёрлаш усули:

    Қозонни қиздириб, ёғни доғлайсиз ва оловдан олиб, капкир билан шопириб тобини чиқаринг. Ёғга унни солиб оловга қўйиб, доим аралаштириб турсангиз, ун қизаринқираб, жигарранг тусга киради. Қайноқ сувда қанд (шакар) ни эритиб қозонга қуясиз ва тез-тез аралаштириб қумоқларини ёзиб қайнатасиз. Оловни сустроқ беринг. Ҳолвайтар қизғиш рангга кирганда оловдан олиб тобини чиқарасиз ва пиёлаларга, ликопчаларга тақсимлаб, дастурхонга тортасиз.

    2 – усул

    Керакли масаллиқлар:
    Буғдой уни – 100 гр,
    Шакар – 150-200 гр,
    Ўсимлик ёғи – 50 гр,
    Қайнаган сув – Бир коса,
    Ванилин – 2 гр.

    Тайёрланиш усули:

    Товага ўсимлик мойи солиб доғланади.

    Тайёрланиш усули:

    Товага ўсимлик мойи солиб доғланади.



    Ёғ бироз совугач ун солинади. Қозон яна оловга қўйилиб, ун қизартириб қовурилади.





    Сўнгра шакар шарбати қуйиб, паст оловда мунтазам кавлаб турилади.



    Ҳолвайтар бироз қуюқ тортгач, ликопчаларга сузиб, дастурхонга тортилади.





     
    BAXORKun: Shanba, 10.09.2011, 23:37 | Habar # 8
    Peshqadam
    BAXOR
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 4071
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun


    Mevali muzqaymoq

    Kerakli masalliqlar :
    1,5 l qaymoq; 300 gr shakar
    6 ta tuxum sarig’i
    100 gr yong’oq
    Mevalar va ta’bga ko’ra vanelin

    Tayyorlanishi:

    Tuxum sarig’i shakar bilan birga aralashiriladi va vanelin ham solinadi. Bu orada qaymoqni asta-sekinlik bilan solib aralashtirilib boriladi. Jarayonni past olovda doimiy ravishda aralshtirgan holda, massa quyulgunicha davom ettiramiz. Massa o’z holatiga kirishib, tayyor holga kelgach, uni sovitamiz va muzlatkichning muzxonasiga solib qo’yamiz. Muzqaymoqni dasturxonga tortishdan avval idishga solasiz va ustini o’z didingizga ko’ra mevalar bilan bezaysiz. Mevalar qiyomsiz, kompot yoki murabbo bilan birga tortiladi. Uning eng ustgi qismiga yong’oq sepiladi.


     
    OSIYOKun: Yakshanba, 27.11.2011, 12:29 | Habar # 9
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: NL
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Қулупнайдан тайёрланадиган консервалар



    Қулупнайдан компот тайёрлаш

    Тегишлича тайёрланган қулупнайлар сирланган идишга солинади, устига 50-60°С гача иситилган 60% ли шарбат (қиём) қуйилиб, 3-4 соат тиндириб қўйилади. Шарбат меваларни қоплаб турадиган микдордагина қуйилиши лозим. 3-4 соат ичида шарбатнинг бир қисми меваларга шимилади ва мевалар шираси қисман шарбатга чиқади (диффузия рўй беради). Натижада меваларнинг ҳажми кичраяди, эти зичлашади (тиғизлашади), қайнатганда эзилиб кетмайди, энг муҳими шарбатнинг микдори ортмайди. Белгиланган муддат ўтгач, мевалар шарбатдан олиниб, банкаларга тиғиз жойланади, устига ўша шарбатдан керагича қуйилади. Бундан олдин шарбат 10-15 дақиқа қайнатиб қуюлтирилиши ёки 65-68% ли шарбат ҳосил этиш учун унга шакар қўшилиши лозим, шунда унинг қуюқлик даражаси 104-105°С да қайнатиб эришилган қуюқликка мос келади. Банкаларга қуйиладиган шарбат 60-70°С гача иситилган бўлиши лозим. Қулупнай компоти солинган банкалар локланган (сариқ) қопқоқлар билан ёпиғлиқ ҳолда иссиқ (60-70°С) сувли идишга жойланади ва 85°С да муайян вақт қиздирилади; бунда 0,5 литрлик банкалар-12 дақиқа, 1,0 литрлик банкалар эса 15 дақиқа давомида қиздирилиши (пастеризация қилиниши) лозим; шу муддат ўтгач, улар сувдан олинади, қопқоқлари маҳкам бураб жипс бекитилади ва тўнтариб (қопқоғини пастга қаратиб) қўйган ҳолда тез совитилади. Компот тайёрлаганда 0,5 литрлик банкалардан 10 тасига 3,8 кг қулупнай, 1,2 кг шакар солиш керак. Ярим литрлик битта банкага 340 г қулупнай ва 200 г шакар шарбати (қиёми) сиғади.

    Тезпишар мураббо

    Бундай мураббо қайнатиш учун олинган қулупнай, аввало, сараланади ва тозаланади, ювилади ҳамда суви сирқитилади, сўнгра сирланган тоғорага солиниб, устига (1 кг мевага 0,5 кг ҳисобидан) шакар сепилади. Қулупнай шакар сепилган ҳолда 3-4 соат тургач, тоғора пзст оловга қўйиладн: сепилган шакар шар-батда бутунлай эригунча қулупнайни эҳтиётлик билан ковлаб туриш керак. Мураббо 5-7 дақиқа қайнагандан сўнг барвақт тайёрлаб қўйилган ва иситилган 0,5 л ли банкаларга қайноқлигича қуйилади, банкалар идишда қайнатиб олинган сариқ (локланган) тунука қопқоқлар билан маҳкам бураб (жипс) бекитилади ва тўнтариб қўйилади ҳамда ўзидан-ўзи стерилланиши учун устига қалин дастурхон ёки одеял ёпилади. Бу тарзда тайёрланган мураббони қиздириш, яъни стерилизация қилишнинг ҳожати йўқ. Банкалар совигач, уларни артиб, қуруқ ва қоронғи жойда сақлаш керак.
    0,5 литрлик 10 та банкадаги мураббо учун 4 кг қулуп-най ва 1,8 кг шакар керак бўлади.
    Қулупнайдан мураббо қайнатиш. Сараланган, тозаланган ва ювилган қулупнайнинг муайян қисмини сирланган тоғорага солиб, устига шакар сепиш, кейин яна қулупнай солиш ва яна шакар сепиш керак; хуллас, шакар шу тарзда қатлам-қатлам сепилса, меванинг шарбати (суви) тез чиқади (шакар 1 кг меваға 1 кг ҳисобидан олинади). Қулупнай шу ҳолида 8-10 соат туриши лозим, етарли микдорда шарбат ажралиб чиққач, тоғорага 1 кг мевага ярим стакан ҳисобидан сув қуйилиб, тоғора паст оловга қўйилади. Мураббо капгир билан бот-бот, лекин эҳтиётлик билан қориштириб турилган ҳолда, секин қайнатилади. У паст оловда атиги 40-45 дақиқа қайнатилиши ва кўпига капгир билан мунтазам равишда олиб турилиши лозим. Шу муадат ўтгандан кейин мураббо барвақт тайёрлаб қўйилған ва иситашган 0,35 ва 0,5 литрли шиша банкаларга қайноқлигида тўлдирилади (мураббо суюқроқ бўлгани маъқул), банкалар дарҳол сариқ (лакланган) тунука қопқоқлар билан жипс бекитилади (қапқоқлар қайнатилган бўлиши керак. Шундан кейин улар тўнтариб қўйилган ҳолда аста-секин соштмлади. Совиган банкалар, аввало, ҳўл латта, кейин қуруқ латта билан артилиб, сақланадиган жойига (қоронғи жойга) теркб қўйилади.


    Қулупнайдан қуюқ шинни (джем) қайнатиш

    Қоидага мувофиқ тайёрланган қулупнай 300 г сувга 800 г ҳисобидан шакар қўшиб тайёрланган шарбатга солиниб, паст оловда қайнатиб қуюлтирилади; тайёр шинни мутлақо қуруқ ва иситилган шиша банкаларга қайноқлигида тўлдирилади, банкалар дарҳол сариқ (қайнатилган) тунука қопқоқлар билан маҳкам бураб бекитилади, сўнгра ҳўл латта билан артиб-тозаланиб, тўнтариб қўйилган ҳолда совитилади; совиганидан кейин улар қоронғи жойда сақланади. Шинни тайёрлаганда ҳар бир килограмм мевага 800 г ҳисобидан шакар ва 1,5 стакандан сув қўшиш керак.

    Ўз шарбатига босилган (шакарсиз) қулупнай консерваси

    Бундай консерва қанд касаллигига чалинган беморларга мўлжалланган. Тегишлича тайёрланган қулупнайни шиша банкаларга мумкин қадар зич (лекин мевалар эзилмасин) тўлдириш: 0,5 литрли ҳар бир банкага 450 г гача, 1,0 литрли банкага эса камида 800 г мева сиғдириш керак; бунда меваларни ёғоч қошиқ (куракча) билан эҳтиёт бўлиб зичласа ҳам бўлади. Банкалар тўлгандан кейин оғзи сариқ тунука қопқоқ билан енгил бекитилиб, иссиқ (40-50°С) сувли идишга жойланади ва 100°С да муайян вақт давомида қиздирилади; бунда 0,5 л банка 10 дақиқа, 1,0 л банка 15 дақиқа, 85°С да эса 0,5 л банка 15 дақиқа, 1,0 л банка эса 25 дақиқа қиздирилади. Шундан кейин уларнинг қопқоқлари маҳкам бураб бекитилади ва тўнтариб қўйиб совитилади. Совиган банкалар ҳўл латта билан артиб тозалангач, сақлаш учун қоронғи жойга қўйилади.
    Бундай консервалардан турли мақсадларда фойдаланиш: мевасини ҳар хил сомсалар, бўлкалар ичига солиш, шарбатидан кисель, ивиқ (желе) ва бошқа хил ширинликлар тайёрлаш мумкин. 0,5 литрлик 10 банкага 5кг гача Қулупнай сиғади.
    Қулупнай бўтқаси (пюре) тайёрлаш. Тегишлича тайёрланган қулупнай сирланган кастрюлькада паст оловга қўйилиб, муттасил қориштириб турган ҳолда 85-90°С да қиздирилади. Шундан кейин оловдан олиниб, қайноқлигида элак (ғалвир)дан ёғоч куракча (ёғоч қошиқ) ёрдамида ишқалаб ўтказилади (элакнинг кўзлари диаметри 1 мм дан катта бўлмасин). Ҳосил бўлган бўтқа сирланган кастрюль-кага солиниб, яна оловга қўйилади ва 5-7 дақиқа давоми-да қайнатилади. Тайёр бўтқа шиша банкаларга лиммо-лим тўлдирилгач, банкалар қайнатилган тунука қопқоқлар билан маҳкам бураб бекитилади. Сўнгра, банкалар (баллонлар) тўнтариб қўйилиб, устига қалин дастурхон ёки бошқа қалин мато ёпилади ва шу тарзда секин-аста совитилади. Совиган банкалар қоронғи жойда сақланиши керак.
    1 кг бўтқа тайёрлаш учун 1 кг гача қулупнай керак бўлади.

    Қулупнай шарбати тайёрлаш

    Қоидага мувофиқ тайёрланган қулупнай гўшт қиймалагичдан ўтказилади, сўнгра дастаки исканжада суви уч карра сиқиб олинади. Меванинг сувини ҳар гал сиқиб олгандан кейин турпини яхшилаб қориштириб, сувини яна сиқиб олиш керак. Сиқиб олинган шарбат қалин тоза мато ёки 3-4 қават букланган дока орқали сузилади, сирланган идишга солинади ва шарбат оғирлигининг 10 фоизи миқдорида шакар қўшиб, муттасил аралаштириб турган ҳолда 95°С гача қиздирилади, шундан кейин ювиб тозаланган ва иситилган банкаларга қайноқлигида (ҳарорати 92-95°С лигида) тўлдирилади, банкалар барвақт қайнатиб қўйилган (зарарсизлантирилган) сариқ тунука қопқоқлар билан маҳкам бураб, жипс бекитилади. Қопқоғи бекитилган банкаларни тўнтариб қўйиб ва устига қалин мато ёки дастурхон ёпиб, секин-аста совишига имкон туғдирилади, шунда консерва ўзидан-ўзи стерилланади, яъни банка ичида қолган микроорганизмлар ўлади. Совиган банкаларни ҳўл латта билан артиб, сақланадиган жойига (қоронғи жойга) қўйиш керак. Консерва узоқ вақт сақланганида банка тубида чўкинди ҳосил бўлади. Шарбатни лойқалатмай (банкани чайқатмай) куйиб олиш тавсия этилади.
    1,0 кг қулупнайдан 700 г шарбат чиқади, 1,0 кг шарбат (шакарсиз) олиш учун 1450 г қулупнай керак. Қулупнайнинг суви (шарбати) сиқиб олингандан кейин қолган чиқиндидан - турпидан яна фойдаланса бўлади. Бунинг учун турпга (оғирлигининг 10% миқдорида) сув қўшиб суюлтирилади ва 3-5 соат ўтгач, тағин суви сиқиб олинади. Такрор сиқиб олинган шарбатдан кисель пишириш ёки уни мураббо, куюқ шинни ва компотга ишлатиш мумкин.
     
    OSIYOKun: Dushanba, 05.12.2011, 01:50 | Habar # 10
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Узумли мураббо



    Узумли мураббо.

    1кг узум,

    1кг шакар

    0,3литр сув,

    Лимон кислотаси,

    Ванилин.

    Тайёрланиши: узумдан мураббо Тайёрлаш учун қаттиқроқ, лат емаганлари саралаб олинади ва яхшилаб ювилади. Сўнг иссиқ сувда 1 дақиқа давомида тургач, дарҳол совуқ сувга солинади. Узум 0,3 литр сув ва 1 кг шакардан тайёрланган сиропда 6соат давомида тургандан кейин, 10 дақиқа қайнатилади ва 8 соат давомида совитилади. Сўнг яна 10 дақиқа қайнагач, яна 8 соат давомида совитилади ва охириги, учинчи марта қайнатилади ҳамда лимон кислотаси, Ванилин қўшилади.

    Иссиқ мураббони қуруқ ҳамда аввалдан қиздириб олинган банкаларга жойлаш керак. Банкалар қопқоғи ёпилади, лекин жуда мустаҳкам бўлиши керакмас. 70 даража қиздирилган кастрюлкага 90 даражагача қиздирилган сув қуйилади ва банкалар кастрюлкага жойлангач, кастрюлка қопқоғи ёпилади. 0,5 литр сув солинадиган ҳажмга эга бўлган кастрюлкада 9 дақиқа қайнатилади, 1литрда эса 10 дақиқа қайнатилади. Шу билан бирга кастрюлкадаги сув банкаларнинг қопқоғидан 3 см пастроқ бўлиши лозимлиги инобатга олиниши керак. Қайнатиш тугагандан кейин банка қопқоқлари мустаҳкам ёпилади ва совитилади.
     
    OSIYOKun: Yakshanba, 11.12.2011, 03:45 | Habar # 11
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Ёнғоқли музқаймоқ!

    Масаллиқлар:
    Ёнғоқлар (бодом, ерёнғоқ…);
    Мандарин бўлакчалари; шакарланган мева(цукат)лар – 200 грамм;
    Аччиқ шоколад – 100 грамм;
    Қаймоқ – 500 мл.;
    4 дона тухум сариғи;
    Шакар – 100 грамм;
    Бир чимдим ванилин.
    Ўз қўлларингиз билан

    Тайёрланиши:
    Ёнғоқлар тозаланади, товада озроқ қизартирилади (куйиб қолмасин!)
    Шоколад қирғичдан ўтказилади.
    Шакарланган мевалар майда тўғралади.
    Кекс идишини махсус плёнка билан қопланг.
    Тухум сариқлари ва шакарни бир хил массага келгунга қадар кўпиртиринг. Буғли ванна устида 4-5 дақиқа ушлаб туринг.
    Тайёр тухумли кремни ёнғоқ, шоколад, тўғралган мева ва цукатлар билан аралаштириб, устига кўпиртирилган қаймоқни солинг.
    Эҳтиёткорлик билан қориштиринг.
    Аралашмани кекс қолипига жойлаб, плёнка билан ўранг. 12 соатга музлаткичга солиб қўйинг.
    Тайёр бўлгач, қайноқ сувга тиқиб олинган пичоқ билан бўлакларга бўлинг!
    Ёқимли иштаҳа!
     
    OSIYOKun: Payshanba, 15.12.2011, 23:45 | Habar # 12
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Олчали мураббо
    Керакли маҳсулотлар:
    Олча.
    Сув.
    Шакар.

    Тайёрланиши:
    Олчаларни сараланиши мураббо тайёрлашда муҳим ахамият касб этади. Лат еган ёки ўта етилганлари мураббога ярамайди. Чўпларидан тозаланган олчалар чавлига солиниб, устидан иссиқроқ, яъни 85 даража иссиқликгача қайнатилган сув 3 - 4 дақиқа давомида қуйилгач, олчалар асталик билан совуқ сувга олинади. Сўнг олчалар сувдан ажратиб олинади ва иссиқ шакарли сироп билан аралаштирилади. Сиропнинг иссиқлиги тахминан 75 - 80 даража иссиқликда бўлиши, 1 кг. олча учун 600 гр. шакар ва 400 гр. сув аралашмасидан сироп тайёрланиши лозим. Иссиқ сироп билан аралаштирилган олчалар 8 соат тургандан кейин сиропга сарфланган шакардан қолгани 4 қисмга ажратилади ва муроббо 4 маротаба пиширилади. Ҳар бир пиширишда шакарнинг бир қисми қўшилиб пиширилади ва пиширишлар орасида мураббо 8 соат давомида тиндирилиши керак. 1кг. олчадан мураббо тайёрлаш учун: 1.3 - 1.4 кг. шакар ҳамда 400 гр. сув сарфланади.
     
    OSIYOKun: Yakshanba, 25.12.2011, 22:05 | Habar # 13
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Мевали ласси




    МАСАЛЛИҚЛАР:

    Манго ласси Шафтоли ласси
    Блубери ласси
    1 та манго
    1 ст қатиқ
    2-3 ошқ шакар 3 та шафтоли
    1 ст қатиқ
    2-3 ош/қ шакар 100 гр блубери
    1 та банан
    1 ст қатиқ
    2-3 ош/қ шакар

    ТАЙЁРЛАНИШИ:

    1. Мангони тўғраб блендерга соламиз.

    2. Шакарни соламиз.

    3. Қатиқ соламиз.

    4. Битта айлантириб оламиз.

    5. Шафтоли ва блуберида хам шу жараён такрорланади.
     
    OSIYOKun: Seshanba, 27.12.2011, 01:31 | Habar # 14
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Mevali yogurt


    Masalliqlar:
    Kubik shaklida kesilgan mevalar
    Myusli - 200 gr
    Yogurt - 500 gr







    Birinchi myuslini solamiz


    Ustidan yogurt solamiz



    Yogurt ustidan qulubnoy solamiz



    Keyin yana myusli, ustiga yogurt, uni ustidan yana qulubnoy

     
    OSIYOKun: Chorshanba, 28.12.2011, 02:15 | Habar # 15
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Mevali koktel



    Kerakli masalliqlar:
    Banan - 1 dona
    Kivi - 2 dona
    Nok - 1 dona
    Shakar kukuni - 20 gr
    Olma sharbati -200 ml
    Shokolad - 10 gr

    Ikki porciya koktel tayor bo`ladi










     
    OSIYOKun: Dushanba, 19.03.2012, 19:00 | Habar # 16
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun
    Salat sousi

    Masalliqlar:
    - 1 osh qoshiq un;
    - 1,5 choy qoshiq gorchica (xantal) poroshogi;
    - 2 choy oqshiq shakar;
    - 1/4 choy qoshiq;
    - 2 dona tuxum;
    - 80 ml uksus
    - 150 ml slivki.

    Un, gorchica poroshok, shakar va tuzni aralashtiramiz. Tuxum qo`shib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin esa uksus qo`shamiz.
    Masalliqlarni qaynab turgan suv ustida tayyorlang. Bu 3-4 daqiqa vaqtngiz oladi. Olovdan tushirib sovutishga qo`ying.
    Sovuganidan so`ng, slivki qo`shing, agar qo`yiq bo`lib ketsa sut qo`shing.
    Xar-xil salatla va sendvichlar uchun to`gri keladi. Muzlatkichda 1-2 xafta davomida saqlash mumkin.
     
    OSIYOKun: Payshanba, 06.12.2012, 22:11 | Habar # 17
    Peshqadam
    OSIYO
    Guruh: Ishonchli
    Habarlari: 7125
    Jinsi: Ayol
    Yurti: DE
    500 ta habar uchun 1000 ta habar uchun 2000 ta habar uchun 3000 ta habar uchun 6000 ta habar uchun 7000 ta habar uchun


    Зарур масаллиқлар: (4 кишилик) 20 дона қулупнай, 300 гр. қаймоқ, 120 гр. музқаймоқ, 3-4 ош қошиқ мевали сироп.

    Тайёрланиши: Ҳамма масаллиқларни блендерда яхшилаб аралаштиринг. Кейин стаканларга солиб дастурхорнга тортишинггиз мумкин.

    Тайёрланиши: 15 дақиқа
     
    DO'STLAR FORUMI » AYOLLAR BO'LIMI » Taom va pshiriqlar o'rganamiz » ДЕСЕРТЛАР
    Page 1 of 11
    Search:

    Рейтинг@Mail.ru  Create a website for freeЯндекс.Метрика