Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Bazi filimlar nimagadir da ko'rsatmayapti shuning uchunFirefox ni yoki Operani o'rnatib oling va mazza qilib tomosha qiling..
Boshi » 2011 » Dekabr » 29 » Monsanto ga ko'ra dunyo, Marie-Monique Robin
Monsanto ga ko'ra dunyo, Marie-Monique Robin
22:31
Fransiyalik Marie-Monique Robin ning «Le monde selon Monsanto » ( « Monsantoga ko’ra dunyo ») nomli hujjatli filmi Amerikanig Monsanto multinatsional firmasining tarixini sizga tanishtiradi. Bu xonim o’z filmiga axborot to’plash uchun uch yil davomida Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyodagi izlanishlar olib boradi. Dunyodagi eng katta tabiatni ifloslovchi firmalardan biri bo’lgan Monsanto sanoat imperiyasi qanday qilib, yolg’onchi raportlar, Shimoliy Amerika hukumati bilan to’qnashuvlar, tahdid va poralar orqasida sayyoramizdagi dehqonlar uchun urug’lik sotuvchi eng katta kompaniyaga aylanganini ko’rasiz.
Ruscha tarjimasi bilan: "Mir coglacno Monsanto"
Asl Fransuzcha film: "Le monde selon Monsanto"
Inglizcha tarjimasi bilan: "The world according to Monsanto"
Bu juda muhim hujjatli filmlardan biri, chunki Monsantoning tabiatga, insoniyatga yetkazayotgan zarari Atom bombasidan ham katta. Hech qanaqa oshirib gapirmayapman. Men uchun eng qo'rqinchlisi, Monsantoning O'zbekistonga ham kirib borayotgani. bunga qarang, Monsantoning site idan topdim:
Monsantoning genetik o'zgartirilgan o'simliklarini Monsantoning o'zi uch oy Kalamushlarga berib sinab zararsiz deb topgan . Rus tadqiqotchilari ikki yil davomida kalamushlar bilan tajriba olib borgandan so'ng, natijasi:
Tabiiy ozuqa yegan hayvonchalarning sog'ligi, ko'payishi yaxshi;
Yarim tabiiy, yarim o'zgartirilgan ozuqani yeganlari kamroq bola tug'gan.
Faqat genetik o'zgartirilgan ozuqani yegan kalamushlar gruppasining uchinchi avlodi (nevaralari) umuman bola tug'magan, ya'ni butunlay qisirlashib qolgan!
Hissa: zotingizning tugab qolishini, rak kabi kasalliklarga chalinishni xohlamasangiz, tabiiy, BIO, Genetik o'zgartirilmaganligi aniq me'va-sabzavotlarni iste'mol qiling!!!!
Ammo bir necha yildan so'ng Roundup bilan zaharlangan minglab gektar dalalarning hosildorligi pasayib ketadi. Hosildorlikni oshirish uchun boshqa ximiyaviy o'gitlarni ham solishga to'g'ri keladi. Bu nafaqat dehqonlarga qimmatga tushadi, ularni zaharlaydi.
Bu yerlarda o'sgan hosil bizning dasturxonimizgacha yetib keladi va tarkibida zaharli gerbicidlar, pestisidlar bo'lgan me'va-sabzavotlarni biz ham iste'mol qilamiz. Bizning organizmimiz bu zaharli moddalarni hazm qilishga moslashmagan, natijada chiqarib tashlashni bilmaydi. Bular jigar kabi ba'zi organlarda to'planadi. Rak kabi xastaliklarning ortib ketayotganligining sabblaridan biri shu.
Monsanto Roundup degan yovvoyi o'tlarni o'ldiradigan herbicide ishlab chiqaryapti, bu dunyoda eng ko'p tarqalgan gerbisidlardn biri. Uni yerga sepsangiz, yeringizda hech qanday o'simlik o'smaydi. Faqatgina Monsantoning genetik o'zgartirilgan o'simliklari o'sa oladi. Genetik o'zgartirishni, Masalan makkajo'xorining bir turi bilan ikkinchi turini chatishtirish deb o'ylasangiz katta xato qilasiz!
Monsanto ilmiy tadqiqotchilari laboratoriyalarida hayvon bilan o'simlik, o'simlik bilan bakteriya, o'simlik bilan odam va hokazolarning genlarini bir-biriga chatishtiradi. Ma'lum bir kasallik, yovvoyi o'tlar yoki qurg'oqchilikka qarshi chidamli bo'lishi ko'zda tutilgan bu o'simliklar dehqonlarga Roundup gerbicidi bilan birga sotiladi. Dehqon har yili Roundupni, urug'lik donini sotib olishi kerak. Chunki, aytganimdek, urug'ligini qaytib ishlatishga haqqi yo'q. (Juda qimmatga tushadi!)
Roundup sepilgan yerda Monsantoning genetik o'zgartirilgan o'simligidan boshqa hech narsa yashay olmay, so'ladi. Natijada, minglab gektar dalalarda yovvoyi o't bo'lmaydi.
Monsanto firmasi o'simlik va hayvonlarni o'zgartirib, so'ngra bu yangi navni patent qildiradi. Ya'ni, bu navni ekish uchun uni har yil Monsantodan sotib olish kerak, Hosildan keyingi yil uchun urug'lik saqlashga aslo haqqingiz yo'q. Monsanto nazorat qilib laboratoriyada tekshirib turadi, pul to'lamasdan ekkan dehqonlarni qidiradi. Hattoki, shamol bilan qo'shni dalaning ekinlaridan urug'langan hosillarni ham, Sen ruxsatsiz ekkansan, deb nohaq sudma-sud sudrab, jarimalar solib xonavayron qilishgan. Monsanto asli VietNam urushida aholi ustiga amerika armiyasi sepgan ximiyaviy qurol - zaharli L'agent orange ning ishlab chiqaruvchisi edi. Hozir ham Vietnamlik bolalar bu ommaviy qirg'in qurolining zararidan nogiron bo'lib tug'ilmoqda.
Urush tugagandan keyin qilishga ishi qolmagan Monsanto ushbu zaharli ximiyaviy mahsulotlarini dehqonchilikka o'git sifatida sotishga harakat qiladi. Millionlarni reklama, hukumatga poraga sarflab bunga erishadi.