Qashshoq davlatlar nega kambag'allikdan chiqolmaydi? - 15 January 2012 - Online kino , mp3 Uzbek music , forum
Bosh sahifa Ro'yhatdan o'tish Kirish
Hush kelibsiz Mehmon Seshanba, 22.05.2012, 09:56
Mundarija
Filim Ko'rinmasa
Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Bazi filimlar nimagadir da ko'rsatmayapti shuning uchun Firefox ni yoki Operani o'rnatib oling va mazza qilib tomosha qiling..
Tavsiya qiling!
Do'stingizga va yaqinlaringizga tavsiya eting !!!

Bo'lim sahifalari
Islomiy filimlar [699]
Muhammadur Rosululloh [49]
Pyg'ammarlar qissasi [7]
G'oyaviy filimlar [26]
Dahshatli filimlar [30]
Kriminal Rossiya [17]
Koreya seriyallari [88]
Hind filimlar [207]
Seriyallar [559]
Hujjatli filimlar [229]
Inglizcha Film va Multiklar [7]
O'zbekcha filimlar [405]
Multfilim [194]
Maqolalar [50]
Filimlar [789]
Sport [156]
Audio [158]
Rasmlar [145]
O'yinlar-Games [11]
Kulgilik roliklar [165]
Yulduzlar hayoti. [86]
Dasturlar [61]
Ko'rsatuvlar TV [189]
Kliplar [502]
Konsert [176]
Yangiliklar [339]
Reseptlar [20]
Foydali maslaxatlar [99]
Ibratlik videolar [51]
Har hil mavzuda [319]
So'rovnoma
Inglizcha MP3 joylanishini hohlaysizmi?
1. HA
2. FARQI YO'Q
3. YO'Q

Barcha javoblar: 27
Boshi » 2012 » Yanvar » 15 » Qashshoq davlatlar nega kambag'allikdan chiqolmaydi?

Yoqimli tomosho izoh qoldirishni unutmang!!!

Qashshoq davlatlar nega kambag'allikdan chiqolmaydi?
14:12


Kambag’al davlatlar nega qashshoqlikdan chiqolmaydi?

Assalomu aleykum, aziz birodarlar, opa-singillar !
Yuqoridagi klipda ko’rganingiz kabi, Afrika yoshlari qashshoqlikdan qutilish uchun jonlarini xavf ostiga qo’yib, boy Yevropa o’lkalariga noqonuniy migratsiya qilishmoqda. Minglab kilometrli Afrika yo’llari-yu, cho’llarini bosib o’tib, O’rta Yer dengizi qirg’og’iga kelgach, yana o’tkazib qo’yuvchi mafialarga allaqancha pul berib kichkina qayiqchalarda Yevropa qirg’oqlarini ko’zlab ketishyapti. Yuzlab odamlar va yosh bolalarning dengizda cho’kib qurbon bo’lganlarini eshitgandirsiz. Tirik qolganlari ham, Yevropa ko’chalarida xor-zor bo’lib, kamsitilib yuribdi. Yashirincha ishga olinib, insofsiz boshliqlar tomonidan suv arzonga qul kabi ishlatilib, ekspluatatsiya qilinishadi. Hech kimga shikoyat qilolmaydi, chunki, pollitsiya qo’liga tushib, qamalish, o’z o’lkasiga qaytarilishdan qo’rqadi.
Bu holat butun dunyoda kuzatilyapti, Lotin Amerikasidan, ko’pincha Meksikadan kelgan ishchilar Amerika Qo’shma Shtatlarida arzon ishchi kuchi bo’lsa, Yevropada Afrikaliklar arzon xizmatkor. Osiyoning boy davlatlari, misol uchun Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Singapore kabi yerlarda kambag’al Filippin, Bangladesh, Indoneziya, Hindiston muhojirlari xizmatda. O’zbek va Tojiklarning Rossiyada og’ir mehnat qilib, arzon oylikka yurtlaridan uzoq yurganlarini hammamiz juda yaxshi bilamiz. Butun dunyoda xalq zulm ostida, faqatgina O’zbekistonda emas!
Dunyodagi eng kambag’al davlatlar nega qashshoqlikdan chiqa olmayapti? Bu savolga javob berishga harakat qilsak. Xato qilsam, Kommentariy yozib fikringizni bildiring, marhamat!
Rivojlanmagan davlatlarning hammasi o’tmishda g’arb davlatlarining koloniyalari bo’lgan. 20-asrda mustaqillikka erishsalar-da, avvalgi bosqinchilar tomonidan qo’llab-quvvtalangan, eski kolonizatorlarga sodiq president, birinchi ministrlar tomonidan boshqarildilar. Amerika va Britaniya ularga qaysi siyosatni yurgizishni buyursa, o’shani amalga oshirishadi.
Barcha G’arb davlatlarida Davlat o’zining pul birligini ishlab chiqarmaydi.Yahudi bankirlarning fitnalari bilan, davlat o’zining valyutasini ishlab chiqarmaydi, degan qonunlar chiqarilgan; Milliy Bank milliy valyutani ishlab chiqaradi, davlat buni foizga olib, yana foizi bilan qaytib bankka to’lashi kerak. Aslida Milliy Banklar hecham milliy, xalqqa tegishli emas. Bir hovuch milliarder bankir oilalariga tegishli. Natijada yo’q yerdan milliardlab davlat qarzi paydo bo’lyapti. Bu qarzni to’lash uchun yangi soliqlar yaratilyapti, eski soliqlar oshirilyapti. Bu soliqlarga misol sifatida amerikalik rejissyor Aaron Russo ning “Amerika from freedom to fascism” hujjatli filmini ko’rishingiz mumkin,Amerika from freedom to fascizm, by Aaron Russo


Kambag’al davlatlar ham xuddi shu sistemani qabul qilishga majbur qilingan. Qarzlarini to’lay olmagach, Xalqaro Valyuta Fondiga o’xshagan shafqatsiz banklaru fondlar, ularga yangi qarz berishni taklif qilishadi. Lekin, yangi qarzni to’lashini kafolatlash uchun, mamlakatda xalqqa yordam beruvchi byudjet chiqimlarini kamaytirish, davlat korxonalarini privatizatsiya qilish, bozorlarini chet el firmalariga ochish kabi katta islohotlar qilish, yangi qonunlar chiqarish talab qilinadi. Xalqaro Valyuta Fondi (International Monetary Fund)ga qarshi g’arbda o’tkazilgan ko’plab namoyishlar, noroziliklarni ko’rgan bo’lsangiz kerak.
Kambag’al davlat bu islohotlarni o’tkazgach, chet el multinatsional kompaniyalari o’lkaning xom ashyo manbalarini suv tekinga olib ketishga boshlaydi, atrof-muhit rosa ifloslanib ketadi; chet eldan arzon mollar bozorni to’ldirib, o’lkada ishlab chiqarilgan sal qimmatroq narsalar sotilmay qolib, o’lka sanoati kasodga uchraydi; Davlat korxonalari privatizatsiya qilinib, chet el investorlari, milliy byurokratlarning xususiy mulkiga aylanib, ulardan keladigan daromad davlat byudjetiga emas, boylarning cho’ntagiga tushadi. IMFning talabiga binoan ijtimoiy yordamlar, byudjetdan oylik oluvchi ish postlar qisqartirilganligi, soliqlar oshirilganligi tufayli, xalqning turmush tarzi yanada pasayadi.

Natijada, xalq noroziliklari, notinchlik boshlanib qolishi mumkin. Ustiga ustak, ba’zi g’arb maxfiy xizmatlari tomonidan moliyaviy, qurol-yarog’ bilan taminlangan kichkina guruhlarning qurolli to’polonlariniyam qo’shsak, hukumat o’z kursisini boy berishdan juda qo’rqib qoladi.
Oxir-oqibatda, mamlakatning bor puliniyam o’sha shafqatsiz g’arb hukumatlaridan qurol-yarog’ sotib olishga sarflanadi. Mamlakat yanayam qashshoq va notinch holga keladi, aholiga zulm, noroziliklarni bostirish, oppozitsiyani ma’nan va jismonan yo’q qilish avj oladi. O’z kursisini saqlab qolishni istaydigan, diktatorga aylanib qolgan hukmdor, yana boy davlatlarning himoyasida bo’lishga intilib, Amerika, Yevropa mansabdorlariga shaxsiy sovg’alaru poralarni ayamay, yo’llariga poyandozlar bilan, o’zini malay ahvoliga solib qo’ygan zolimlarga itday xizmat qiladi.

Ba’zi Afrika mamalakatlarida eksportga sotilsa yaxshi foyda qoladi, deb hamma bir xil narsa ishlab chiqarishga tushadi. Masalan, Malida ko’p paxta, Côte d’Ivoire da juda ko’p kakao yetishtiriladi; kundalik oziq-ovqat mahsulotlari chet eldan arzon kelayotganligi uchun meva-sabzavot, tovuq, mol, qo’y yetishtirish juda kamayib ketadi. Kambag’al o’lkalar paxta, kakao, kofe, palma yog’I, soya yog’I, makkajo’xori kabi dunyo bozorida yaxshi sotiladigan narsalarni ishlab chiqarishga berilib ketishadi.
Dunyo finans tashkilotlari, katta birjalar (New York Stock Exchange, London Birjasi, Tokyo Birjasi, CAC 40, va hokazo) bu xom ashyolarni olib-sotarlik bilan shug’ullanishadi. O’tirgan yerida kompyuter sichqonchasi bilan bir nechta klik kifoya. Mehnatkashlar yil bo’yi ter to’kib yetishtirgan mahsulotni olib, sotib bir soatda minglab, millionlab dollar foyda cho’ntaklariga tushib turibdi bu insofsiz tekinxo’rlarni!
Shunday qilib Birjalarda narx ko’tarilib-tushib turishi, spekulyatsiya sababi bilan ba’zan xom ashyolarning narxi tushib ketadi. Endi o’zingiz tasavvur qiling: Butun aholi og’ir mehnat qilib yetishtirgan bir xil mahsulot jahon bozorida zarariga sotilyapti, yoki yaxshi sotilmayapti. Daromad yo’q, ustiga-ustak, zaruriy kundalik ozuqa mahsulotlari yetishtirishni deyarli tashlab qo’yishganligi tufayli ovqat yo’q, sotib olishga davlatda pul yo’q(eksport kamyganligi uchun). Ana endi ocharchilik boshlanadi. G'arbliklar Afrikani mustamlaka holiga keltirishidan oldin u yerda HECH QACHON ochlik bo'lmagan!

G’arb mamlakatlarida har yoqqa ovozayi darvoza qilib, konsertlar berib ochlikka qarshi kurashishga, ochlar uchun pul to’plashga harakat qilishadi. To’plangan pullarga Amerika va Yevropada ortiqcha ishlab chiqarilgan, bozorlarda sotilmayotgan bug’doy, makkajo’xori, sut mahsulotlari, tovuq, mol go’shtlari, va hokazolarni sotib olib qashshoq davlatlarga jo’natishadi. Bu operatsiyalarda qatnashib, g’arb ochlikka qarshi kurashmoqda, gumanitar yordam yuboryapmiz, demokratiya o’rnatish kerak bu yerlarda deb rosa jar solishadi.

Ochlikdan qiynalgan aholiga bepul gumanitar yordam yetib kelgach, shu davlatda dehqonlar yetishtirayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilmay qoladi. Tekin yordam turganda kim ham bozordan ozuqa sotib olardi?! Kasodga uchragan bechora dehqonlar dehqonchilikni, yerlarini tashlab, shaharga ish qidirishga ketishadi.

Xullas, O’lkada o’z-o’zini ta’minlash uchun kundalik oziq-ovqatni yetishtirish sekin-asta yo’qoladi. Qurg’oqchilik kabi tabiiy muammolarniyam qo’shsak, kelgusi yilda yana ochlik bo’ladi , deb ishonch bilan aytsa bo’ladi.

Xudo ko’rsatmasin, joylashishi geopolitik ahamiyatga ega, yoki, neft-gazga boy o’lka bo’lsa, xudo oldi deyavering. Fursatni poylab turgan amerika Quzg’unlari “Tinchlikni saqlab turish, gumanitar yordamni qo’riqlash, demokratiya o’rnatish”ni bahona qilib, bu davlatga harbiy bazalarni o’rnatib, askarlarini kirgizadi. Keyin chiqarib ko’ring-chi! Dunyo bo’ylab Amerika Qo’shma Shtatlarining 1000 dan ortiq harbiy bazalari bor. Ha, aytganday, Ozbekiston Amerika harbiy bazasini o’z territoriyasidan haydab chiqargan dunyoda yagona o’lka ekan.

Iroqda neftni olib chiqish uchun port shaharlarda qurilgan quvurlarda neftning miqdorini hisoblaydigan apparatlar Amerika bosqinidan so’ng olib tashlanganini eshitganmisiz? Demak, Amerika Iroqdan hozir qancha neft olib ketyapti, pulini beryaptimi, yo’qmi hech kim bilmaydi. Yana, Yaqin Sharqqa demoktatiya o’rnatish uchun kelganmishlar, ha ha ha!!!!!!!!

Bundan tashqari, Amerika boshqa davlatlarni zilzila qiluvchi va ob-havoni o’zgartiruvchi qurollari bilan qo’rqitib, o’ziga bo’ysunishga majbur qilyapti; Rossiyadagi qurg’oqchilik va o’rmon yomg’irlari, Yaponiyadagi Fukushima fojiasi, Haiti, Chilidagi zilzilalar va hokazo tabiiy emas edi, HAARP haqida shu saytda avvalroq ma’lumot bergan edik,HAARP, zamonaviy eng dahshatli qurol

Ba’zi davlatlarning oppositsiya partiyalari g’arb davlatlaridan, xalqaro tashkilotlardan, g’arbning josus itlari bo’lgan xalqaro nodavlat tashkilotlaridan yordam so’raganini eshitsam, jahlim chiqib ketadi, to’g’risi!
Odam borib o’zini ezayotgan zolimdan shafqat istashi bema’nilik. Axir uning vijdoni, shafqati bo’lganida seni shu kunlarga solarmidi? Ularni o’z dunyoviy manfaatidan boshqa hech narsa qiziqtirmaydi. Ozodlik, tenglik, demokratiya deb bong urishlari munofiqlik, yolg’onchilikdan boshqa narsa emas.

Ko’rinib turganingizdek, KAPITALIZM dunyo tarixida ko’rilgan eng zolim sistemalardan biridir, dunyoni zulmga to’ldiryapti. Faqat Islomga asoslangan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tuzumgina insoniyatga adolatli dunyoni qurib berishi mumkin. Men bunga avvalo iymon keltirib ishonaman, ko’p narsalarni o’rgangach, islomiy tuzumning eng yaxshi ekanligi mantiqan , amaliy olib qaraganda to’gri ekanligiga yana bir bor guvoh bo’ldim.

Davlatlar o’z milliy valyutasini o’zi ishlab chiqarishi kerak, haliyam davom etayotgan g’arb mustamlakachiligidan qutulmog’I lozim.
Liviyada yaqindagi urushdan oldin,o’z milliy valyutasini o’zi chiqarardi, xalqqa davlat foizsiz qarz berar, ta’lim va sog’liq sistemasi sifatli va bepul, oziq-ovqat, mashina va boshqa narsalar arzon edi, elektr va suv bepul, soliq degan narsa yo’q, oilalarga oyiga 300 $ ijtimoiy yordam, yangi turmush qurganlarga 150 kvadrat metrlik uy bepul, chet elda o’qimoqchi bo’lgan talabalr uchun oyiga 1627,11 yevro stipendiya, o’qigan talaba ish topa olmasa, mutaxassisligiga loyiq oylik ish topganiga qadar, davlat byudjetida ishlaydiganlarga tekin uy va mashina, benzin narxi 8 cents;
Prezident Qaddafi dictator deyilsa ham, direct-bevosita demokratiyani tashkil qilgandi --- Mahalliy yig’inlar neft eksportidan kelgan pulni qanday sarflashni maslahatlashib (parlamentda emas) rayonlar, viloyatlar miqyosida o’zlari hal qilishardi. Sahroyi Kabirni yashnatish uchun Sun’iy Ulkan Daryo rejasi amalga oshirilayotgandi.
Afsuski, bu qurilish Amerika, Fransiya, Angliya bomablari ostida buzilib ketdi…
Sobiq Prezident Qaddafi Afrikani mustaqil qilish uchun Afrika uchun yangi umumiy Bank va boshqa tashkilotlar loyihasini ko’tarib chiqqandi.
Osmonga sun’iy yo’ldoshlarni uchirib Afrikaliklar uchun arzon telefon qilishga imkoniyat yaratgan, Yevropa sun’iy yo’ldoshlarini ijaraga olish uchun to’lanadigan ulkan xarajatlardan qutqargandi.
Eng Asosiy Fakt yodingizda qolsin: Qaddafini Xalqaro harbiy kuchlar yordamida to’ntargan Liviyaning yangi vaqtinchalik hukumati, to’g’rirog’i vatanini Amerikaga sotgan xoin soxta musulmonlarning birinchi bo’lib qilgan ishlari Liviyada Markaziy Bank tuzish bo’ldi. Ya’ni, G’arb o’ziga oz bo’ysunadigan Qaddafining o’rniga qarzga botishga rozi bo’luvchi o’yinchoq hukumatni keltirib qo’ydi. Va eng birinchi qonunlari davlatning milliy pul birligini ishlab chiqarish haqqini qo’lidan tortib olish.

Xuddi shu o’yinni Suriyada ham takrorlashyapti, mavjud bo’lmagan xalq noroziligi haqida g’arb mediasida kun sayin buyuk propaganda olib borilib, Suriyaga urush ochish lozimligi odamlarga uqtirilmoqda. Barcha katta jurnal-gazetalar, televidenie vositalari Suriyada namoyishlar qonli bostirilyapti deb Suriya hukumatini ayblashmoqda; aslida qurollangan qo’zg’olonchilar politsiyaga, tinch aholiga hujum qilib qurbonlar bo’lgan. Hukumat indamay qarab turishi kerakmi?

Kimki, zamonaviy zolim sistemaga bo’ysunmasa, unga qarshi urush ochib kuch bilan bo’ysundirilyapti. Bu boshqa davlatlarga o’rnak bo’lsin deb ham qilinyapti, “bosh ko’tarmalaring, yo’qsa, Qaddafining kuni boshingga tushadi!” Qaddafi taslim bo’lish niyatida ekan, lekin aldab asirga tushirilgan va vahshiylarcha qonga bo’yab o’ldirilib, dunyo bo’ylab bu videolar ataylab tarqatildi. Toki, boshqa prezidentlar Amerikaga, Dunyo Maxfiy Hukumatiga bo’ysunmaslikning oqibati qanaqa bo’lishini o’z ko’zi bilan ko’rib qo’ysin.
O’rtoqlar, agar siz adolat uchun kurashmoqchi bo’lsangiz, bu kurash duyo miqyosida olib borilishi kerakligini unutmang. Global muammoga global javob kerak.


LOLA123
Bo'lim: Maqolalar | Ko'rildi: 157 | Kiritdi: lola123 | Darajasi: 5.0/1 |

Hamma izohlar:4
0  
4 MASTER   (16.01.2012 22:44)
Menimcha bu narsalar odamlar o'zgartira olmaydi.

0  
3 MirzaAbror14   (15.01.2012 15:48)
smile133

0  
2 MirzaAbror14   (15.01.2012 15:48)
rahmat

0  
1 Mirzo_91   (15.01.2012 15:46)
Rahmat qiziqarlik malumot uchun

Name *:
Email:
Code *:
Kirish
Laqab:
Parol:
Kirish,Login
Qidirish

Побег из тюрьмы(1-сезон)
Побег из тюрьмы(2-сезон)
Побег из тюрьмы(3-сезон)
Побег из тюрьмы(4-сезон)





Forum yangiliklari!
  • Shirin shakar bolajonlar!
    asha0625 Yangilik kiritdi!(620)
  • Muslimalar avatarlari.
    asha0625 Yangilik kiritdi!(66)
  • Sevgi
    asha0625 Yangilik kiritdi!(139)
  • Prikolniy Foto Suratlar
    asha0625 Yangilik kiritdi!(59)
  • Ismlar o'yini
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1341)
  • Rasmlarga comment yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(4)
  • Yeb Bo'ladigan, Yeb Bo'lmaydigan
    asha0625 Yangilik kiritdi!(518)
  • Bog`liklik
    asha0625 Yangilik kiritdi!(757)
  • Hind kinosidan kliplar
    Sevara Yangilik kiritdi!(37)
  • ROMAN Yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1925)
  • Faqat A harfidan boshlanadigan so'zlarni yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2279)
  • OHIRGI IKKILIK
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2927)
  • Men hech qachon...
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(221)
  • HAYOL2
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(394)
  • Suriyaga qarshi urush ittifoqi
    lola123 Yangilik kiritdi!(3)
  • Ohirgi izohlar!
    AJOYIB TOMOSHA
    hilol Izoh qoldirdi!
    Sen uhlayotganda (o'zbek tilda)
    Mussi19 Izoh qoldirdi!
    AJOYIB TOMOSHA
    MASTER Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Ozarbayjon Respublikasida Evrovision konkursining biletlari majburlab fuqarolarga sotildi
    Modieddib Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    asha0625 Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    Ko'rsatgich

    Hozir saytda 11
    Mehmonlar 11
    Azolar 0
    www.welcomebackuz.com 2007 © 2012
    Create a website for free