Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Bazi filimlar nimagadir da ko'rsatmayapti shuning uchunFirefox ni yoki Operani o'rnatib oling va mazza qilib tomosha qiling..
Boshi » 2011 » Dekabr » 2 » Tvorog tayyorlash va tvorogli pechen'ye
Tvorog tayyorlash va tvorogli pechen'ye
18:46
Tvarog
3-4 l sut
1 stakan qatiq yoki 2 osh qoshiq smetana
Sutni kastryulga solinadi, qatiq qo'shiladi (yoki smetana) va xona haroratida quyulgunicha (ivigunicha) qo'yiladi.
Ivigan sutli kastryulni suvli idishga solib, massaning yuqori qatlamini ehtiyotlik bilan aralashtirib, past olovda qaynash holatiga yetkazmasdan isitiladi.
Tvorog zichlashib yuqoriga ko'tarilganda uni toza qalin qopchaga yoki ikki qavatli doka qoplangan durshlakka solinadi va zardobi oqiziladi.
1 pachka tvorog
2,5 stakan un
1 pachka margarin
2 ta tuxum
1 ¾ stakan shakar
1\2 choy sodasi
Tuz
Margarin bug'doy uni bilan qoriladi. Unga tvorog, 2 ta tuxum sarig'i, 3/4 stakan shakar, tabga ko'ra tuz, soda qo'shiladi va xamir qoriladi (u yumshoq bo'lishi kerak, lekin yopishqoq emas). Uni muzlatgichga solib, 1-2 soatga qo'yiladi.
2 ta sovutilgan tuxum oqini ko'pirtiriladi, kam-kamdan 1 stakan shakar qo'shiladi. Tayyor xamir 0,5 sm qalinlikda yoyiladi. Ustiga ko'pirtirilgan tuxum oqi surtiladi, rulet shaklida o'raladi, kichik-kichik bo'lak qilib kesiladi. Yog'langan un sepilgan tovaga solinadi va duxovkada 220 gradus temperaturada pishiriladi. Tayyor pechen'ye ustiga shakar upasi sepish mumkin.