Xalqaro Nodavlat Tashkilotlariga ishonch bildirsa bo'ladimi? 1 - qism. - 28 December 2011 - Online kino , mp3 Uzbek music , forum
Bosh sahifa Ro'yhatdan o'tish Kirish
Hush kelibsiz Mehmon Seshanba, 22.05.2012, 10:49
Mundarija
Filim Ko'rinmasa
Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Bazi filimlar nimagadir da ko'rsatmayapti shuning uchun Firefox ni yoki Operani o'rnatib oling va mazza qilib tomosha qiling..
Tavsiya qiling!
Do'stingizga va yaqinlaringizga tavsiya eting !!!

Bo'lim sahifalari
Islomiy filimlar [699]
Muhammadur Rosululloh [49]
Pyg'ammarlar qissasi [7]
G'oyaviy filimlar [26]
Dahshatli filimlar [30]
Kriminal Rossiya [17]
Koreya seriyallari [88]
Hind filimlar [207]
Seriyallar [559]
Hujjatli filimlar [229]
Inglizcha Film va Multiklar [7]
O'zbekcha filimlar [405]
Multfilim [194]
Maqolalar [50]
Filimlar [789]
Sport [156]
Audio [158]
Rasmlar [145]
O'yinlar-Games [11]
Kulgilik roliklar [165]
Yulduzlar hayoti. [86]
Dasturlar [61]
Ko'rsatuvlar TV [189]
Kliplar [502]
Konsert [176]
Yangiliklar [339]
Reseptlar [20]
Foydali maslaxatlar [99]
Ibratlik videolar [51]
Har hil mavzuda [319]
So'rovnoma
Inglizcha MP3 joylanishini hohlaysizmi?
1. HA
2. FARQI YO'Q
3. YO'Q

Barcha javoblar: 27
Boshi » 2011 » Dekabr » 28 » Xalqaro Nodavlat Tashkilotlariga ishonch bildirsa bo'ladimi? 1 - qism.

Yoqimli tomosho izoh qoldirishni unutmang!!!

Xalqaro Nodavlat Tashkilotlariga ishonch bildirsa bo'ladimi? 1 - qism.
23:13


Quyidagi maqolaning fransuzcha asl matnini o'qishingiz uchun link: http://www.mecanopolis.org/?tag=national-endowment-for-democracy

Qanday qilib CIA (Central Intelligence Agency) ommaviy axborot vositalariga kirib oldi.
Muallif – Maxime Vivas


Yirik fransuz matbuoti iste’molchilari quyidagi maqola ustida yaxshilab fikr yuritishlari lozimligini aytsak, « fitna teoriyasi » tarafdorlari deb ayblanmaslikka haqqimiz bormikan ? CIA ning bizning mediamizga kirib olgani haqida (ishonchli manbalardan) nima bilamiz o’zi ? (Central Intelligence Agency , ya’ni AQSh ning markaziy maxfiy xizmat agentligi ).

Masalan, eng boy nodavlat tashkilotlaridan (Organisations Non Gouvernementales) birini olaylik, Men bu haqda bir necha yildan buyon izlanish olib boryapman, ushbu ONG fransuz medialarini har yili minglab qisqacha xabarlar-e’lonlar bilan to’ldiradi, bu ma’lumotlar qanday bo’lsa, shundayligicha barcha katta axborot vositalari tomonidan takrorlanadi. Shunday qilib, fransuz ommaviy fikri shakllantiriladi : Sam Amakiga (Amerika Qo’shma Shtatlari) o’zlarining siyosiy-iqtisodiy qarorlari bilan xalaqit berayotgan davlatlarga nisbatan yomon ko’z bilan qarashga olib kelinadi.
Lekin, avval, unchalik marksist bo’lmagan guvohlarga so’z beraylik :
"CIA ommaviy axborot vositalarida muhim o’ringa ega bo’lganlarning hammasini boshqaradi.” William Colby, CIAning sobiq direktori.
"Jurnalistlarni yaxshigina call-girl (luks fohisha)dan ham arzonga topsa bo’lardi, oyiga ikki yuz dollarga” CIAning agentlaridan biri CIAning maqolalarini yoyishda jurnalistlarni ishlatish haqida. "Katherine The Great” kitobidan parcha, Deborah Davis, Sheridan Square Press, 1991.
"Amerika Qo’shma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi Sayyoramizning 90% Informatsiyasini boshqaradi; 300 ta asosiy matbuot agentliklaridan 144 tasining bosh qarorgohi Qo’shma Shtatlarda joylashgan, 80 tasi Yevropada va 49 tasi Yaponiyada joylashgan. Kambag’al davlatlarda 75% dunyo aholisi yashashiga qaramay, dunyo gazetalarining 30% iga egadirlar..” Ana Delicado (journalist) ning " Matbuot bir xil dunyoni ko’rsatadi, Janubsiz” maqolasidan. Argos Xalqaro Ma’lumot Agentlligi, 28 noyabr 2004.

Va nihoyat New-Yorklik journalist John Swintondan bir kalima, u 25 sentyabr 1880 yilda matbuot erkinligi sharafiga qadah ko’tarishni rad qilganini shunday izohlagandi:
"Hozirgi kunga qadar Amerikada erkin va mustaqil pressa mavjud emas. Buni siz men kabi yaxshi bilasiz. Hech biringiz o’zingizning haqiqiy vijdoniy fikrlaringizni yozishga jur’at qilmaysiz, va shuni yaxshi bilasizki, bu ishni qilsangiz, maqolangiz chop etilmaydi. Menga o’z fikrlarimni chop ettirmasligim uchun oylik to’lashadi, va hammamiz bilamizki, biz bunday qilishga jur’at etsak, shu zahoti ko’chaga otilamiz. Jurnalistning ishi haqiqatni yo’qotish, doimiy yolg’on, faktlarni o’zgartirish va omma fikrini o’zgartirishda Puldor Qudratlarga xizmat qilish. Biz parda orqasidan turib iplarni o’ynatayotgan Boylar va Qudratlilarning qo’lida yuvvosh ish qurolimiz. Iste’dodlarimiz, qobiliyatlarimiz, va hayotimiz shu kishilarga tegishli. Biz Aql fohishasimiz. Bularning hammasini mendek yaxshi bilasiz!” Richard O. Boyer va Herbert M. Morais ning "Labor’s untold story”, kitobida sitata keltirilgan, NY, 1955/1979.

Men o’rganib chiqqan ONG Reporters Sans Frontières (Chegarasiz Reportyorlar) deb nomlanadi. Uning AQSh va dunyo ommaviy fikrini zaharlashni zimmasiga olgan amerika korxonalariga nisbatan mustaqilligini o’lchab ko’rish mumkinmi? Quyidagi bir necha elementlar ijobiy javob berishga undaydi.
Bu maqolani yozayotgan paytimda (30 avgust 2009), RSFning 2008 yil uchun buxgalteriya hisoblari haliyam e’lon qilinmagan, ommaviy manfaati bor deb tan olingan tashkilotlar haqidagi qonunga xilof ravishda. Ammo, RSFning internet saytidagi ikkita rubrikasi qiziqarli.
Birinchisi "2007 yil hisoblari” va ikkinchisi "Biz bilan harakat qilish” deb nomlanadi.

Birinchisida shuni o’qiysiz: "Chegarasiz Reportyorlar(jurnalistlar)ga yordam beruvchi korxonalar asosan Sanofi Aventis va CFAO, yordam beruvchi xususiy korxonalar ro’yxatida esa Soros Fondi (Soros Foundation), Ozod Kuba uchun Markaz (Center for a Free Cuba), Demokratiya uchun Milliy fond (National Endowment for Democracy), Sigrid Rausing Trust, Overbrook fondi (Overbrook Foundation), Fransiya Fondi (Fondation de France)”.

Ikkinchi rubrikaning " Chegarasiz Reportyorlar ning ishlari va kompaniyalariga homiylik qiluvchi korxonalar " bo’limidagi "Fondlar” bobida quyidagilarni topasiz: Ford Fondi (Ford Foundation), Demokratiya uchun Milliy Fond (National Endowment for Democracy), Ochiq Jamiyat Instituti ( Open Society Institute), va nihoyat Sigrid Rausing Trust. Eng oxirgi tashkilot haqida ko’p narsa bilmaymiz, lekin RSF bizga uning "Eron, Yaqin sharq, Shimoly Afrikada tsenzurani cheklash, matbuot erkinligini himoya qilishda Chegarasiz reportyorlarni qo’llab-quvvatlashini” bildiradi. Demak, Kolumbiya, Meksika yoki Peru kabi AQSh do’stlarining hududlarida emas ekan. Birgalikda RSF ning chet ellik homiylarining kimligini ko’rib chiqaylik:

Soros Foundation,

Center for a Free Cuba (CFC),

Open Society Institute (Soros ga tegishli),

Overbrook Foundation,

National Endowment for Democracy (NED),

Ford Foundation.


Qisqacha qilib aytganda, NED va CFC haqida ma’lumot uchun kitobxonlarni D. B., Victor Dedaj, Maxime Vivas niing "Amerika Qo’shma Shtatlari – yovuzlik imperiyasi” (Les Etats-Unis, l’Empire du Mal) , va o’zimning kitobim "Chegarasiz reportyorlarning yashirin yuzi. CIA dan Pentagon Lochinlarigacha”ni (La face cache des Reporters Sans Frontières. De la CIA aux Faucons du Pentagone) o’qishga taklif qilaman. NED ning CIA bilan bevosita aloqadorligi u yerda shubhasiz dalillar bilan ko’rsatib berilgan, hattoki shu homiy tashkilotning rahbarlari tarafidan tan olingan. CFC ning vazifasi Kuba hukumatini ag’darib tashlash edi.
Hozirgacha unchalik ko’p gapirilmaganlarini ko’rib chiqaylik :

Soros va uning Ochiq Jamiyat Instituti.

George Soros mashhur Carlyle Group ning hamkoridir. Carlyle Group Amerika Respublikachilar partiyasi va sobiq CIA a’zolarining uyasi bo’lib, ulardan biri, Franck Carlucci uning directeur o’rinbosari bo’lgan edi. George W. Bush ning neft qidiruvchi kompaniyasi bankrotga uchraganda, Soros uni qutqarib qolgandi. Ochiq Jamiyat Instituti muvaffaqiyat bilan Latin Amerikasi va Sharqiy Yevropada ko’plab davlatlarda Qo’shma Shtatlarga bo’ysunuvchi rahbarlarni hukumatga o’rnatish ishlarini olib borgan.

Overbrook Foundation

Sovuq urush davrida, Sovet Ittifoqining ta’sirini to’xtatish uchun CIA Sharqiy Yevropa davlatlariga to’lqinlar bilan uzatiluvchi Ozod Yevropa Radiosini yaratgandi.
Bu radioni madh etuvchilar orasida Franck Altschul degan shaxs ham bor edi.
Shunga parallel ravishda, o’z xalqining fikrini Yevropa Sotsialistik Blokiga qarshi bo’lajak hujumga tayyorlash uchun, Qo’shma Shtatlar hukumati o’z hududida matbuotni "zaharlash” operatsiyasini olib bordi. Shu maqsadda go’yoki siyosiy partiyalarga aloqador bo’lmagan fuqarolardan iboratdek ko’rinadigan tashkilot Hozirgi Xavf Qo’mitasi (The Committee on the Present Danger) tuzildi.

Bu qo’mitaning asosiy faollari orasida Franck Altschul va William J. Donovan bor edi.
J. Donovan kim? Qo’shma Shtatlar offitseri bo’lib, ikkinchi jahon urushi arafasida OSS ( Office of Strategic Services) , ya’ni Strategik Xizmatlar Idorasiga asos solgandi. Bu Idora Hozirgi CIAning ajdodi hisoblanadi. Urush yillarida Amerikaning maxfiy xizmatlariga boshliq bo’lgan. OSS CIA ning bo’lajak direktorlarini yetishtirgan. Ushbu CIA Direktorlari orasida William Casey ham bo’lib, uning tavsiyasiga binoan Reagan hukumati 1980 yillarning boshida NED ga asos solgan.

Lekin bir daqiqa Franck Altschulga qaytib kelaylik. U Ozod Yevropa Radiosida William Donovan bilan birga CIA uchun ishlagan; Donovan AQSh maxfiy xizùmatlarining bo’lajak boshlig’I va OSS ning asoschisi; OSS esa CIA ning otasi; CIA ning direktorlaridan biri William Casey bo’lgan; Casey NED ni tashkil qilgan; NED CIA ning bir qo’li kabi. Shuningdek, Franck Altschul Overbrook Fondining asoschisi va bu fond "Chegarasiz Reportyorlar” ning yangi homiysi.

Ford Fondi

2006 yilning 20 va keyinchalik 25 avgustlarida Robert Ménard (RSFning asoschisi) ga yo’llagan ikkita e-mailimda uni qonunga muvofiq ravishda ba’zi savollarimga javob berishga chaqirdim. Masalan, NED ning homiylik yordam mablag’i RSF da ko’rsatilgan, CFC ning bergan mablag’lari uzoq vaqt yashintirilgan; bundan tashqari RSF ning boshqa Amerikalik homiylari bormi, deya so’radim. Ménard menga RSF ning hozirgi rahbari Jean-François Julliard orqali javob berdi: " … biz Ford Fondidan so’ragan yordamimiz rad qilindi. 2006 yil uchun Overbrook Fondidan birinchi marta 30 000 dollarlik yordam oldik. Va 2003 yilda Haqiqiy Tarmoqlar Fondi ( Real Networks Foundation )dan bir martalik 26 000 yevro yordam berildi. Qo’shma Shtatlardan kelgan yordam hammasi shu.”
Hozirgi kunga kelib, Ford Fondidan so’ralgan yordamga ijobiy javob olinganini ko’rib turibmiz. Bu haqdagi kitobim nashr qilingandan so’ng, uni diqqat bilan o’qigan RSF asoschisi Robert Ménard o’zining "Des libertés et autres chinoiseries” ( Robert Laffont nashriyoti) kitobida uch marotaba mening ishimni tanqidga oldi.

Holbuki, mening kitobim nimani oshkor qilayotuvdi? Shuniki, "Lire” jurnalining 1995 yil may soni, Alain-Gérard Slama qalamidan olingan bir parcha: "Raymond Aron o’zining Xotiralarida 60 yillarning oxirida, rasman Ford Fondi homiylik qilgan va Yevropa Ittifoqidan ham moliyaviy yordam olgan Erkinlik va Madaniyat Kongressida muhim o’rinni egallagani va bu Kongress parda orqasidan CIA tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini tushunganidan so’ng o’zini judayam noqulay his qilganini aytib beradi. Butunlay mustaqil holda, stalinizmga qarshi bo’lgan barcha g’arblik eng yaxshi intelligentsiyani to’plashi ko’zda tutilgan, "Liberté de l’esprit” va ayniqsa "Preuves” jurnallari Fransiyada uning ikki qo’li bo’lgan bu oqimga CIAning madadi albatta ortiqcha va sharmanda qiluvchi edi.

Deyarli 50 yil o’tib, aldanishga o’rin qolmagan davrda, RSF ikki marta bu madadga murojaat qiladi va bu yordamga erishadi.
2006 yilning 6 aprelida Métro gazetasiga men bergan interview ning ertasiga , RSF menga sudga berish bilan tahdid qildi va Qo’shma Shtatlardan kelgan barcha yordam mablag’larini inkor etdi. (vaholanki, bular hammasi ularning internet saytida ko’rsatib qo’yilgandi ) . Homiylarining kimligidan uyalishmaganida bunday qilgan bo’larmidi?

Mushtariylar, sizda buning javobi bo’lsa kerak?

Maxime Vivas, le Grand Soir gazetasi uchun.[/b]


Welcomebackuz.com sayti uchun fransuz tilidan tarjima qildim. lola123[/size]

Bo'lim: Maqolalar | Ko'rildi: 101 | Kiritdi: lola123 | Darajasi: 5.0/1 |

Hamma izohlar:6
0  
6 lola123   (29.12.2011 19:01)
Ozod Yevropa, Ozod Kuba, Ozod bir nima , Ozodlik bir nima deb boshlanadigan hamma medialar Amerika maxfiy xizmati josuslari tomonidan asos solinishi, moliyaviy yordam ko'rishi va faqatgina Amerikaning imperialistik manfaatlariga xizmat qilishini hamma billishini istayman. Bu yerda aniq faktlarni ko'rib turibsiz.

0  
5 Guli10   (29.12.2011 12:43)
rahmat katta

0  
4 MirzaAbror14   (29.12.2011 07:02)
smile133

0  
3 MirzaAbror14   (29.12.2011 07:02)
raxmat

0  
2 MASTER   (29.12.2011 02:23)
Rahmat

0  
1 DURDON   (28.12.2011 23:39)
Rahmat Lola

Name *:
Email:
Code *:
Kirish
Laqab:
Parol:
Kirish,Login
Qidirish

Побег из тюрьмы(1-сезон)
Побег из тюрьмы(2-сезон)
Побег из тюрьмы(3-сезон)
Побег из тюрьмы(4-сезон)





Forum yangiliklari!
  • Shirin shakar bolajonlar!
    asha0625 Yangilik kiritdi!(620)
  • Muslimalar avatarlari.
    asha0625 Yangilik kiritdi!(66)
  • Sevgi
    asha0625 Yangilik kiritdi!(139)
  • Prikolniy Foto Suratlar
    asha0625 Yangilik kiritdi!(59)
  • Ismlar o'yini
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1341)
  • Rasmlarga comment yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(4)
  • Yeb Bo'ladigan, Yeb Bo'lmaydigan
    asha0625 Yangilik kiritdi!(518)
  • Bog`liklik
    asha0625 Yangilik kiritdi!(757)
  • Hind kinosidan kliplar
    Sevara Yangilik kiritdi!(37)
  • ROMAN Yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1925)
  • Faqat A harfidan boshlanadigan so'zlarni yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2279)
  • OHIRGI IKKILIK
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2927)
  • Men hech qachon...
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(221)
  • HAYOL2
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(394)
  • Suriyaga qarshi urush ittifoqi
    lola123 Yangilik kiritdi!(3)
  • Ohirgi izohlar!
    AJOYIB TOMOSHA
    hilol Izoh qoldirdi!
    Sen uhlayotganda (o'zbek tilda)
    Mussi19 Izoh qoldirdi!
    AJOYIB TOMOSHA
    MASTER Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Ozarbayjon Respublikasida Evrovision konkursining biletlari majburlab fuqarolarga sotildi
    Modieddib Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    asha0625 Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    Ko'rsatgich

    Hozir saytda 10
    Mehmonlar 10
    Azolar 0
    www.welcomebackuz.com 2007 © 2012
    Create a website for free