Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligi...!!! - 15 February 2012 - Online kino , mp3 Uzbek music , forum
Bosh sahifa Ro'yhatdan o'tish Kirish
Hush kelibsiz Mehmon Seshanba, 22.05.2012, 10:55
Mundarija
Filim Ko'rinmasa
Assalomu alaykum qadrli do'stlar! Bazi filimlar nimagadir da ko'rsatmayapti shuning uchun Firefox ni yoki Operani o'rnatib oling va mazza qilib tomosha qiling..
Tavsiya qiling!
Do'stingizga va yaqinlaringizga tavsiya eting !!!

Bo'lim sahifalari
Islomiy filimlar [699]
Muhammadur Rosululloh [49]
Pyg'ammarlar qissasi [7]
G'oyaviy filimlar [26]
Dahshatli filimlar [30]
Kriminal Rossiya [17]
Koreya seriyallari [88]
Hind filimlar [207]
Seriyallar [559]
Hujjatli filimlar [229]
Inglizcha Film va Multiklar [7]
O'zbekcha filimlar [405]
Multfilim [194]
Maqolalar [50]
Filimlar [789]
Sport [156]
Audio [158]
Rasmlar [145]
O'yinlar-Games [11]
Kulgilik roliklar [165]
Yulduzlar hayoti. [86]
Dasturlar [61]
Ko'rsatuvlar TV [189]
Kliplar [502]
Konsert [176]
Yangiliklar [339]
Reseptlar [20]
Foydali maslaxatlar [99]
Ibratlik videolar [51]
Har hil mavzuda [319]
So'rovnoma
Inglizcha MP3 joylanishini hohlaysizmi?
1. HA
2. FARQI YO'Q
3. YO'Q

Barcha javoblar: 27
Boshi » 2012 » Fevral » 15 » Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligi...!!!

Yoqimli tomosho izoh qoldirishni unutmang!!!

Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligi...!!!
11:01

Moziyga nazar tashlasak, bilimi, qalami, salohiyati bilan dunyolarni lol qoldirgan ulug' ajdodlarimiz siymolari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Ularni har qancha ardoqlasak, e'zozlasak kam albatta. Bugun ana shunday buyuk allomalarimizdan biri — shoh va shoirlik jihatini bir ko'ngulga sig'dira olgan, bizga «Boburnoma»day ulkan meros yaratib qoldirgan bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligini keng nishonlamoqdamiz.

Ushbu qutlug' sanani eslab bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bir necha ma'lumotlarni keltirmoqchiman: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Ulug' o'zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To'liq devon tuzgani haqida ma'lumot bor. She'rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g'azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit'a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She'rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta'limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she'riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

Boburning ulug' asari «Boburnoma» bo'lib, uni «Vaqoe» deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda, Yaqin va O'rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. «Boburnoma»ning o'ndan ortiq qo'lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O'zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e'lon qildi. «Boburnoma»ning 1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to'ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi.

Boburning nashr qilingan asarlari «Boburnoma»ni Abdurahim xoni xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga, J.Leyden (1826) va V.Erskin ingliz tiliga, Pavel de Kurteyl (1871) fransuz tiliga, Rashit Rahmati Arat (1940) turkchaga, Mixail Sale (1943) ruschaga tarjima qilganlar. 1826-1985 yillar davomida «Boburnoma» 4 marta ingliz (1826,1905,1921,1922), 3 marta fransuz (187, 1980, 1985), 1 marta nemis (1878) tiliga o'girilgan.

Yangi alifbo-«Xatti Boburiy»ni (1504) kashf qildi. Unda she'rlar yozdi va Qur'on ko'chirtirdi. Boburning soliq ishlari haqida ma'lumot beruvchi «Mubayyinul-zakot» (1521), aruz vazni haqidagi «Risolai aruz» (1523-25) kabi asarlari bor. «Aruz risolasi»da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she'riy asarlardagi ko'rinishlari; aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Xoja Ahror Valining «Volidiya» asarini o'zbekchaga she'riy tarjima qilgan. Boburning «Harb ishi», «Musiqa ilmi» nomli asarlar yaratgani haqida ham ma'lumot bor. Ammo, ular topilgan emas.

Javohirlal Neru, M.Gandi, A.K.Singxa, B.A.Luniya kabi davlat va fan arboblari Bobur va boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi, jahon sivilizatsiyasidagi mavqeini haqqoniy e'tirof etgan.

Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Beverij, X. Beverij, R.M.Kaldekot, Ch.Stori, E.Xolden, L.U.King. F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano; F.Ko'prulu, Z.Mansuriy, A.K Singxa, R.Sharma, R.R.Arat, H.Boyir, Sh.Yorqin; N.Ilminskiy, N.Veselovskiy, A.Samoylovich, M.Sale, I.V.Stebleva; o'zbek olimlari Fitrat, P.Shamsiev, H.Yoqubov, V.Zohidov, S.Azimjonova, A.Qayumov, A.Abdug'afurov, G'.Salomov, N.Otajonov, B.Qosimov, S.Hasanov, H.Boltaboev v.b. shug'ullanganlar. O'zbekiston Milliy universiteti olimlari Boburning she'riy mahorati, «Mubayyin» asari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.

«Bobirnoma» mavzusida qator badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning «Boburxon» (Parij, 1940), Fernard Grenardning «Bobur» (Parij, 1930), Harold Lembning «Bobur-yo'lbars» (Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining «Bobur va uning avlodlari yoki Buyuk mo'g'ullar» (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. Hindistonlik Muni La'l boburiylar haqida 6 ta roman yozgan. O'zbek adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov, X.Davron Boburga bag'ishlab roman, qissa va dostonlar yaratdilar. Bobur nomida xalqaro ilmiy eksriditsiya mavjud bo'lib, uning a'zolari Bobur qadamjolari bo'ylab besh marta safar uyushtirdilar. Ekspeditsiya materiallari asosida «Bobur va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rni» memorial muzeyi tashkil qilinib, uning jamg'armasida Bobur nomi bilan bog'liq 500dan ortiq kitob va manbalar bor. Andijonda Bog'i Bobur tashkil qilinib, buyuk shoirning hoki keltirilgan ramziy qabr bor, Ark ichi memorial kompleksi Bobur yashagan davr haqida ma'lumot beradi.


Bo'lim: Har hil mavzuda | Ko'rildi: 98 | Kiritdi: Sevara | Darajasi: 2.7/6 |

Hamma izohlar:4
0  
4 MirzaAbror14   (16.02.2012 00:01)
katta rahmat smile133

0  
3 DURDON   (15.02.2012 23:47)
Yor yuzumni ko'rub dardu g'amim bilsa kerak...

Yor yuzumni ko'rub dardu g'amim bilsa kerak,
Yuz ko'rub dardu g'amim chorasini qilsa kerak.

Ey sabo, jonu ko'ngulni o'zining chun qildi,
Ko'ngli birla degasen joni uchun kelsa kerak.

Vaslini ne qilayin g'ayrdin ayrilmadi hech,
Yor vasli menga, u ag'yordin ayrilsa kerak.

Vaslining qadrini chun bilmadi bu telba ko'ngul,
Hajrining tiyg'i aning yuragini tilsa kerak.

Shukr Boburni bilurmen degan ermish ul oy,
Lojaram bandalarin shohlari bilsa kerak.

Zahiriddin Muhammad Bobur

0  
2 MASTER   (15.02.2012 22:48)
Zaxiriddin Muxammad Bobur bobomiz 1483-yil Andijonda tug'ilganlar.U kishi yoshliklaridan dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o'rganganlar.Z.M.Bobur bobomiz bilimdan tashqari,jang san'atini ham puxta egallaganlar.Ular 10 yoshlarida otda turib qilich o'ynatganlar.Z.M.Bobur bobomiz 1494-yili otalari bo'lmish Umarshyx mirzo vafot etadilar va Bobur 12 yoshlarida Andijon taxtiga o'tiradilar.Bu paytda Andijon tepasida qonlig bulutlar aylanmoqda edi.Samarqand podshosi,Toshkent hokimi Andijon ustiga qo'shin tortib kelmoqda edi.Samarqand qo'shini Quva ko'prigida halokatga uchraydi va Bobur bobomiz bilan sulx tuzadi.Bobur bobomiz bunday vaziyatdan chiqib ketadilar va davlatni xalokatdan saqlab qolganlar.Bobur bobomiz Andijonda ko'plab memoriy obidalar qurdirganlar.Bu obidalarni memor mulla Fazliddinning tarx(chizma)lari asosida qurilgan.Z.M.Bobur 1500-yilgacha 3-marta Samarqandga yurish qilganlar va oxiri Samarqandni egallaganlar va o'sha yerda Oysha begimga uylanganlar va qiz farzand ko'rganlar.Qizlari SHayboniyxon tomonidan qilingan Samarqand qamalida vafot etganlar.Bobur bobomiz Samarqand qamalida,chiqib ketish uchun opalari bo'lmish Xonzodani SHayboniyxonga turmushga berishga majbur bo'ladi va qamaldan qutuladi.Bobur opasini va Samarqandni qaytarish maqsadida SHayboniyxonga urush ochmoqchi bo'ladi ammo tog'alari bo'lmish Toshkent hokimlari unga yordam berishmaydi va Bobur Qobul tomon chekinadi va u yerda bir qancha vaqt qolib ketadi.Bu paytda Xuroson yaqinida Eron va Buxoro xonligi askarlari o'rtasida urush bo'lib o'tadi va SHayboniyxon yengiladi.Eron shoxi Ismoil Safaviy 1510-yil 12-dekabrda SHayboniyxonni qatl etadi va Boburningyordam oladi va SHay opasi Xonzodani va o'g'li Xurramni Qobulga jo'natadi va Boburga xayrixoxligini bildiradi.Bobur Ismoil safaviydan boniyzodalarga qarshi yurish boshlaydi va g'alaba qozonadi va Samarqandni egallaydi,ammo xalq Boburni qo'llab-quvvatlamaydi va uni hukmronligini tan olmaydi.Asosiy sababi Bobur qizilbosh askarlar bilan davlatni egallaganligi edi.Bobur Ismoil Safaviyning yuborgan shoxlik sallasini qabul qilganlar.Boburni poytaxtni egallaganliklarini eshitgan SHayboniyzodalar unga qarshi urush ochishadi va g'olib bo'lishadi.Bobur endi Samarqandga qaytmaslikka qaror qiladi va 1526-yilda Hindistonga yurish boshlaydi va Ibrohim Lodiyning 100 ming kishilik qo'shinini mag'lubiyatga uchratadi.SHundan ham bilsak bo'ladiki Bobur bobomiz moxir sarkarda bo'lganlar va shu sababli HINDISTON ni buyuk bo'lishiga sababchi bo'lganlar.

0  
1 Binafsha   (15.02.2012 21:24)
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Muallif: Zahiriddin Muhammad Bobur

Name *:
Email:
Code *:
Kirish
Laqab:
Parol:
Kirish,Login
Qidirish

Побег из тюрьмы(1-сезон)
Побег из тюрьмы(2-сезон)
Побег из тюрьмы(3-сезон)
Побег из тюрьмы(4-сезон)





Forum yangiliklari!
  • Shirin shakar bolajonlar!
    asha0625 Yangilik kiritdi!(620)
  • Muslimalar avatarlari.
    asha0625 Yangilik kiritdi!(66)
  • Sevgi
    asha0625 Yangilik kiritdi!(139)
  • Prikolniy Foto Suratlar
    asha0625 Yangilik kiritdi!(59)
  • Ismlar o'yini
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1341)
  • Rasmlarga comment yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(4)
  • Yeb Bo'ladigan, Yeb Bo'lmaydigan
    asha0625 Yangilik kiritdi!(518)
  • Bog`liklik
    asha0625 Yangilik kiritdi!(757)
  • Hind kinosidan kliplar
    Sevara Yangilik kiritdi!(37)
  • ROMAN Yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(1925)
  • Faqat A harfidan boshlanadigan so'zlarni yozamiz
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2279)
  • OHIRGI IKKILIK
    asha0625 Yangilik kiritdi!(2927)
  • Men hech qachon...
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(221)
  • HAYOL2
    Hadicha94 Yangilik kiritdi!(394)
  • Suriyaga qarshi urush ittifoqi
    lola123 Yangilik kiritdi!(3)
  • Ohirgi izohlar!
    AJOYIB TOMOSHA
    hilol Izoh qoldirdi!
    Sen uhlayotganda (o'zbek tilda)
    Mussi19 Izoh qoldirdi!
    AJOYIB TOMOSHA
    MASTER Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    DURDON Izoh qoldirdi!
    Ozarbayjon Respublikasida Evrovision konkursining biletlari majburlab fuqarolarga sotildi
    Modieddib Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    asha0625 Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    So'nggi qo'ngiroq
    Sevara Izoh qoldirdi!
    Ko'rsatgich

    Hozir saytda 10
    Mehmonlar 10
    Azolar 0
    www.welcomebackuz.com 2007 © 2012
    Create a website for free